Nessus’ni yuklab olish va faollashtirish uchun internet aloqasi va ishbilarmonlik elektron pochta manzili zarur bo‘ladi.
Tenable rasmiy saytiga ko‘ra, Nessus’ni ishlatish uchun minimal tizim talablari quyidagilar: 4 ta CPU yadrosi va 8GB tezkor xotira (RAM).
Ammo, bizning mashqlarimiz uchun bu talablar shart emas — 2 ta CPU yadrosi va 4GB RAM bizga yetarli bo‘ladi.
Nessus Kali repozitoriyalarida mavjud emas, shuning uchun qo‘lda o‘rnatishimiz kerak bo‘ladi.
Biz Nessus’ning joriy versiyasini 64-bitli .deb fayl shaklida Tenable saytining yuklab olish sahifasidan yuklab olamiz.
U yerda shuningdek .deb fayl uchun SHA256 va MD5 kontrol summalarini ham topishimiz mumkin.
Agar siz Apple tizimidan foydalansangiz va ARM arxitekturali chipga ega bo‘lsangiz, Kali VM ichiga o‘rnatiladigan Nessus versiyasini Linux - Ubuntu - arch64 platformasi uchun yuklab olishingiz mumkin.
Bu holatda esa biz Linux - Debian - amd64 platformasini tanlaymiz va mos o‘rnatish faylini yuklab olamiz:
2-rasm: Kali uchun Nessus’ni yuklab olish
Buning uchun Checksum tugmasini bosamiz va nusxa olish ikonkasidan foydalanib SHA256 qiymatini nusxalaymiz.
So‘ng, quyidagi buyruq orqali ushbu qiymatni fayl nomi bilan birgalikda sha256sum_nessus nomli faylga yozamiz:
kali@kali:~$ cd ~/Downloads
kali@kali:~/Downloads$ echo "4987776fef98bb2a72515abc0529e90572778b1d7aeeb1939179ff1f4de1440d Nessus-10.5.0-debian10_amd64.deb" > sha256sum_nessus
kali@kali:~/Downloads$ sha256sum -c sha256sum_nessus
Nessus-10.5.0-debian10_amd64.deb: OK
1-jadval: Kontroll summa mos kelishini tekshirish
Natijadan ko‘rinib turibdiki, kontroll summalar mos keldi. Bu paket sog‘-salomat yuklab olinganini anglatadi.
Agar Nessus’ning yangi versiyasi bo‘lsa, kontroll summa qiymati o‘zgaradi va uni yangilab yozish kerak bo‘ladi.