Ushbu modulda biz passiv va faol ma'lumot yig'ishning iterativ jarayonining asosiy jihatlarini o'rganib chiqdik. Avvaliga kompaniyalar va ularning xodimlari haqida ma'lumot topish uchun turli xil texnikalar va vositalarni ko'rib chiqdik. Bu ma'lumotlar ko'pincha keyingi bosqichlarda juda qimmatli ekanligini isbotlaydi. Keyin esa odatda ochiq bo'lgan xizmatlarni faol skan qilish va enumeration qilishga e'tibor qaratdik. Biz ushbu enumeration qadamlarni ham Kali Linux, ham Windows client dan qanday amalga oshirishni o'rgandik.

Hech qachon biror vaziyat uchun yagona "eng yaxshi" tool bo'lmaydi, ayniqsa Kali Linux dagi ko'p vositalar funksiyalari bo'yicha bir-biriga o'xshash bo'lgani uchun. Har doim iloji boricha ko'proq vositalar bilan tanishib chiqish, ularning nozik jihatlarini o'rganish va imkon qadar natijalarni o'lchab, sahna ortida nimalar sodir bo'layotganini tushunish eng yaxshi yondashuvdir. Ba'zi hollarda, "eng yaxshi" tool pentester eng yaxshi biladigan vositadir.