Quyidagi bo‘limlarda biz passiv tarzda ma’lumot to‘plash uchun turli onlayn vositalar va resurslarni o‘rganamiz. Bu vositalar orasida ochiq manbali loyihalar va quyidagi kabi onlayn kod repozitoriylari mavjud:

Internetda saqlanayotgan kodlar orqali tashkilot qanday dasturlash tillari va framework’lardan foydalanayotganini bilib olishimiz mumkin. Ba’zi kamdan-kam hollarda esa ishlab chiquvchilar tasodifan maxfiy ma’lumotlar yoki credentials’larni ham ommaga ochiq repolarga yuklab qo‘ygan holatlari bo‘lgan.

Ushbu platformalarning ba’zilaridagi qidiruv vositalari biz oldingi bo‘limda muhokama qilgan Google search operators’larini qo‘llab-quvvatlaydi.

Masalan, GitHub'ning qidiruv tizimi juda moslashuvchan. Biz GitHub orqali foydalanuvchi yoki tashkilotga tegishli repolarda qidiruv olib borishimiz mumkin. Biroq, barcha ommaviy repolar bo‘ylab izlash uchun hisob qaydi (account)ga ega bo‘lishimiz kerak.

Har qanday GitHub qidiruvini bajarish uchun avvalo ro‘yxatdan o‘tishimiz zarur. Bu hisob jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun bepul.

GitHub hisobimizga kirganimizdan so‘ng, yuqori o‘ng burchakdagi qidiruv maydoniga kalit so‘zlarni yozish orqali ko‘plab qidiruvlarni amalga oshirishimiz mumkin.

9-rasm: GitHub Search

Keling, MegaCorp One’ga tegishli repolarda qiziqarli ma’lumotlar izlaymiz. Biz path:users operatoridan foydalanib, nomida “users” so‘zi bo‘lgan fayllarni izlashimiz mumkin. ENTER tugmasini bosamiz.

9-rasm: GitHub Search’da File Operator’dan foydalanish

Qidiruv natijasida faqat xampp.users nomli fayl topildi. Bu ham bo‘lsa qiziqarli, chunki XAMPP — bu web application development environment. Keling, fayl tarkibini ko‘rib chiqamiz.

10-rasm: xampp.users faylining mazmuni

Ko‘rinishidan, ushbu fayl username and password hash saqlamoqda, bu esa faol hujum bosqichiga o‘tganda juda foydali bo‘lishi mumkin. Buni eslatmalarimizga qo‘shib qo‘yamiz.

Ushbu qo‘lda izlash usuli kichik repolar uchun eng yaxshi natija beradi. Katta hajmdagi repolar uchun esa avtomatlashtirilgan qidiruvni amalga oshiruvchi bir nechta vositalar mavjud, masalan: