Netcraft — bu Angliyada joylashgan internet xizmatlari kompaniyasi bo‘lib, u bepul veb-portal orqali bir qancha ma’lumot to‘plash funksiyalarini taqdim etadi. Bu xizmatlar orqali, masalan, ma’lum bir veb-saytda qanday texnologiyalar ishlatilayotgani va bir xil IP netblock’ni boshqa qaysi hostlar bilan bo‘lishayotgani aniqlanishi mumkin.

Netcraft kabi xizmatlardan foydalanish passive technique (ya’ni passiv texnika) hisoblanadi, chunki biz bevosita nishonga (target’ga) murojaat qilmaymiz.

Keling, Netcraft imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Masalan, Netcraft’ning DNS search page sahifasidan megacorpone.com domeni haqida ma’lumot to‘plashda foydalanishimiz mumkin:

*6-rasm: .megacorpone.com bo‘yicha Netcraft natijalari

Har bir topilgan server uchun, URL yonidagi fayl ikonchasiga bosish orqali, qo‘shimcha ma’lumotlar va server tarixini o‘z ichiga olgan "site report" (sayt hisoboti)ni ko‘rishimiz mumkin.

7-rasm: www.megacorpone.com uchun Netcraft Site Report

Hisobotning boshida ro‘yxatdan o‘tish (registration) ma’lumotlari mavjud. Biroq, pastga qarab skroll qilsak, turli "site technology" (sayt texnologiyasi) yozuvlarini ko‘rish mumkin.

8-rasm: www.megacorpone.com uchun Site Technology

Ushbu subdomain’lar va texnologiyalar ro‘yxati biz faol ma’lumot to‘plash va ekspluatatsiya bosqichlariga o‘tamiz degan vaqtimizda foydali bo‘ladi. Hozircha esa, bu ma’lumotlarni eslatmalarimizga qo‘shib qo‘yamiz.

Yaqinda, Netcraft ushbu xizmatining bir qismini to‘xtatishga qaror qildi. Savollarga javoblar yuqoridagi rasm(lar)da mavjud yoki siz ushbu jonli saytga tashrif buyurib ham javoblarni topishingiz mumkin: *https://www.wappalyzer.com/lookup/megacorpone.com/*


1. O‘zingizning Kali VM’dan foydalangan holda, Netcraft orqali www.megacorpone.com saytida qanday application server ishlayotgani aniqlang.