2.1.3 Setting up Kali

Module Exercises va Challenge Labs laboratoriya muhitida ishlaydigan virtual mashinalardan (VMs) foydalangan holda bajarilishi lozim. Lab muhiti deganda quyidagi tarkibiy qismlar tushuniladi:

Keling, ushbu komponentlarni alohida ko‘rib chiqamiz.

Kali Linux

Kali Linux – bu Windows yoki macOS kabi operatsion tizim, ammo u penetration testing va boshqa axborot xavfsizligi faoliyatlari uchun maxsus tanlangan vositalarni o‘z ichiga oladi. Kali Linux ochiq kodli va bepul foydalanish uchun taqdim etilgan.

Agar siz allaqachon kiberxavfsizlik bilan tanish bo‘lsangiz va Kali Linux o‘rnatilgan bo‘lsa, keyingi bo‘limga o‘tishingiz mumkin.

Agar yo‘q bo‘lsa, biz Kali’ni virtual mashinaga (VM) o‘rnatishni qat’iy tavsiya qilamiz. Virtual mashina – bu asosiy operatsion tizim ichida boshqa bir operatsion tizimni (OS) ishlatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotdir.

Nima uchun VM ishlatish muhim?

VMware orqali Kali Linux VM tasvirini (image) o‘rnatib, asosiy operatsion tizimingiz bilan bir qatorda ishlatishingiz mumkin. Agar to‘g‘ri sozlansa, Kali Linux o‘zining alohida IP manziliga ega bo‘ladi va mustaqil mashina kabi ishlaydi.

Terminlar

OffSec VM image download sahifasidan eng yangi 64-bit VMware Kali Linux tasvirini yuklab olish tavsiya etiladi.